SUPERAGENTLIK

SUPERAGENTLIK

Sun’iy intellekt bizga qanday yorqin kelajak va’da qilmoqda? Mualliflar: Reid Hoffman, Greg Beato

Tinglash19 daqiqa

XV asrda diniy arboblar yangi va xavfli ixtiro “bosmaxona” haqida hammani ogohlantirgan. Ular bu vosita tartibni buzib, zararli g‘oyalar nazoratsiz tarqalishiga sabab bo‘ladi, deb qo‘rqqan. Oradan asrlar o‘tib, tanqidchilar telefonni ham qoralashdi. U chinakam insoniy muloqotni sayoz aloqalar bilan almashtiradi, deyishdi.

Barcha davrlarda ilg’or texnologiyalar jamiyat inqiroziga sabab bo‘lishi haqidagi qo‘rquvlarni keltirib chiqargan bo’lsa-da, keyinchalik zamonaviy hayotning ajralmas qismiga aylangan. Bugungi kunda sun’iy intellekt ham xuddi shunday ishonchsizlikka duch kelmoqda. Zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari murakkab suhbatlar olib borishi, qiyin muammolarni hal qilishi va hatto odamga o‘xshab fikr yuritishi mumkin.

Sun’iy intellekt ish o‘rinlarini qisqartiradimi? U shaxsiy hayotimizga putur yetkazadimi? Ilgari o‘zimiz bajargan vazifalarni endi mashinalarga topshirib, ularga haddan ziyod qaram bo‘lib qolmaymizmi?

Sanoat inqilobi insonning jismoniy imkoniyatlarini oshirganidek, sun’iy intellekt ham inson aql-zakovatini oshirish imkonini beradi. Har bir bolaning Leonardo da Vinchidek bilimdon shaxsiy o‘qituvchisi yoki hammaning cho‘ntagida yuqori malakali shifokor maslahatchisi bo‘lishini tasavvur qiling. Bu uyg‘unlik “super-agentlik” deb ataladigan hodisani yaratadi. Natijada shaxsiy imkoniyatlarimiz mislsiz darajada kengayadi.

Sun’iy intellekt nafaqat dunyoni o‘zgartirishi, balki insoniy salohiyatimizni ham yuksaltiradi.